Imtihondan olingan tasvir ota-onalarga ko‘rsatilmoqda

2020-yil 7-15-sentyabr kunlari 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari huzuridagi mavjud 65 ta akademik litseylarda belgilangan grafik asosida, bir smenada ertalab 8:00 dan 10:00 ga qadar ta’lim muassasasi hududida joylashgan sport maydonlarida barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda saralash imtihonlari o‘tkazilishi belgilangan,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi hududida joylashgan maydonda 446 nafar talabgorlarga bir vaqtning o‘zida imtihon topshirishlari uchun joylar hozirlandi.

Saralash imtihonlari o‘tkaziladigan hududga kirishda dastlab talabgorning tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinmoqda. Shuningdek, imtihon jarayonlari to‘liq video kuzatuv kameralari nazorati ostida bo‘lib, perimetr bo‘yicha Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi hududida 5 ta kamera o‘rnatilgan bo‘lib, imtihon jarayonlarini to‘liq yozib olinmoqda. Bu to‘liq video kuzatuvlar talabgorlarning ota-onalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring