Ilon Mask Xitoyga tashrif borishni rejalashtirmoqda

Tesla bosh direktori Ilon Mask aprel oyida Xitoyga tashrif buyurib, bosh vazir  Li Syan bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi o`z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko`ra, tashrifning aniq vaqti  Li Syanning tayyorligiga bog`liq. Xitoy Teslaning AQShdan keyin ikkinchi yirik bozori va uning Shanxaydagi zavodi  eng yirik ishlab chiqarish markazi hisoblanadi.

Maskning safari uning Xitoyga COVID-19 pandemiyasidan keyingi birinchi tashrifi bo`ladi. Li mart oyida bosh vazir bo`lishidan oldin Shanxay partiya kotibi bo`lib ishlagan va u erda Tesla zavodining qurilishi va ochilishini nazorat qilgan.

Реклама на Unews

Mask Xitoyga oxirgi marta 2020 yil boshida tashrif buyurgan, o`shanda u Shanxaydagi fabrikadagi tadbirda sahnada raqsga tushib, internetni larzaga keltirgan edi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring