Ilon Mask va mingdan ortiq ekspertlar sun`iy intellekt bo`yicha tajribalarni to`xtatishga chaqirdi

Ilon Mask, Apple hammuassisi Stiv Voznyak va boshqa 1000 dan ortiq professor, muhandis va tadqiqotchilar sun`iy intellekt bo`yicha tajribalarni to`xtatishga chaqirdi, deya xabar qildi  Future of life nashri.

Qayd etilishicha, ular sun`iy intellekt insoniyatga tahdid solishidan qo`rqmoqda. 

Tegishli chaqiruv aks etgan maktub Future of Life Institute notijorat tashkiloti tomonidan nashr etilgan va IT-sanoatdagi ko`plab taniqli shaxslar tomonidan imzolangan. Ularning barchasi sanoat uchun umumiy xavfsizlik protokollari va standartlari ishlab chiqilgunga qadar sun`iy intellektni rivojlantirishda “pauza”ga chaqirdi.

Реклама на Unews

Maktubni imzolovchilar sun`iy intellekt mahsulotlari “jamiyat va insoniyat uchun jiddiy xavf tug`dirishi mumkin” deb hisoblaydi. 

So`nggi oylarda ishlab chiquvchilar bir-biridan o`zib ketishga va “harakatlarini o`zlari to`liq tushuna olmaydigan va nazorat qilolmaydigan kuchliroq modellarni” yaratishga harakat qildi.

Maktubni imzolagan ekspertlar va soha rahbarlari umumiy xavfsizlik protokollari o`rnatilgunga qadar mashg`ulotlar to`xtatilishi kerakligi aytishdi. 

Реклама на Unews

"Agar sun`iy intellekt mahsulotlarini yaratuvchilar olti oylik tanaffusni mustaqil ravishda tashkil qilolmasa, hukumat bunga aralashishi kerak", - deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring