Ilon Mask Twitter egasiga aylandi va darhol bosh direktor hamda top menejerlarni haydadi

Space X kompaniyasiga egalik qiluvchi, jahonning eng badavlat kishilaridan biri Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olgach, bosh direktor hamda bir nechta top menejerlarni ishdan bo‘shatgan.

Aytilishicha, Mask Twitter’ni 44 mlrd AQSH dollariga xarid qilgan. U ishdan bo‘shatgan top-menejerlar quyidagilar:

- Bosh direktor Parag Agraval;
- Yuridik, huquqiy siyosat, inshonch va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Vidjay Gadde;
- Moliyaviy direktor Ned Sigal;
- Bosh yuriskonsult Shon Ejett.

Ishdan bo‘shatishlar u qadar silliq o‘tmagan. Bloomberg manbalari yuriskonsult Shon Ejettni qo‘ltig‘idan ko‘tarib, «Twitter ofisidan chiqarib qo‘yishgan»i haqida yozgan.

Mask Twitter’ning vaqtinchalik bosh direktori bo‘lishni rejalashtirmoqda. Kelgusida u bu lavozimni boshqa insonga topshirishi mumkin.

Bundan tashqari, Mask umrbod blokirovkani bekor qilishi mumkin. Chunki bu jazoNI samarasiz deb hisoblaydi. Agar taqiq olib tashlanadigan bo‘lsa, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi akkauntini tiklashi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring