Ikki hafta ichida dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 30 foizga ko`paydi — JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma`lum qilishicha, sayyoramizda epidemiologik vaziyat yana murakkablashmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 

Xususan, pandemiyaning qayta avj olishi tufayli keyingi ikki haftada COVID-19ni yuqtirish ko`rsatkichlari qariyb 30 foiz oshgan. Bu “omikron” shtammining yangi mutasiyalari keng tarqalayotgani bilan bog`liq.

 

Assosiy o`sish dinamikasi Evropa va Amerika mintaqasi mamlakatlari hissasiga to`g`ri keladi. Ushbu qit`alarda “omikron”ning BA.4 va BA.5 subvariantlari ko`p uchraydi.  

Реклама на Unews

 

Bundan tashqari, Hindistonda ushbu shtammning yangi — VA.2.75 versiyasi aniqlangan va u ayni paytda mutaxassislarning kuzatuvi ostida.

 

JSST rahbari o`z bayonotida emlash kasallikka qarshi eng samarali vosita bo`lib qolayotganini ta`kidlab, hukumatlarni bu boradagi chora-tadbirlarni kuchaytirishga chaqirdi.  

Реклама на Unews

“Bu nafaqat bemorlar, balki sog`liqni saqlash tizimi, iqtisodiyot va butun jamiyat uchun foydalidir” — deb qayd etdi Gebreyesus.  

U, shuningdek, maymun chechagi infeksiyasining tarqalish shiddati va ko`lami haqidagi xavotirlarini ham bayon qildi.  

Ma`lum bo`lishicha, hozirgacha dunyoning 58 mamlakatida, olti ming nafar kishida ushbu xastalik tasdiqlangan. Epidemiya markazi Evropada. Jami bemorlarning 80 foizi ushbu mintaqada yashaydi.  

Qolaversa, Afrikaning ilgari mazkur infeksiya kirib bormagan hududlarida ham maymun chechagi ro`yxatga olinyapti. Mutaxassislar kelgusida epidemiologik vaziyat yanada yomonlashishi mumkin, degan xulosada.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring