Ijtimoiy tarmoqlarda "kattakonlarning to‘yi" deya taxmin qilingan holatga aniqlik kiritildi

Joriy yilning 8 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Kattakonlarni to‘yi bo‘lsa kerak" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavhada "Lasetti" va "Toyota Land Cruiser" rusumli bir necha transport vositalari to‘y marosimida guruh-guruh bo‘lib harakatlanganligi, atrofdagi boshqa harakat qatnashchilarining erkin harakatiga halaqit berganligi holati aks etgan.

IIV YHXBB Axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi. Mazkur video lavha yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, video lavhada aks etgan "Toyota Land Cruiser" rusumli, 01 Z 200 DB davlat raqam belgili avtomobil egasi davlat raqam belgi orqali aniqlanganda, ushbu avtomobil fuqaro G.U.ga tegishli bo‘lganligi, ayni vaqtda avtomobilni boshqa shaxsga sotib yuborganligi, video lavhada aks etgan holat 2019 yilning noyabr oyida sodir bo‘lganligi, o‘sha vaqtda avtomobilni o‘g‘li, 1995 yilda tug‘ilgan B.U. boshqarganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, video lavhada aks etgan yana bir "Toyota Land Cruiser" rusumli, 01 Ye 017 AA davlat raqam belgili avtomobil fuqaro I.J.ga tegishli ekanligi, video lavhadagi holat 2019 yilda sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring