Ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntlarini nega blokladi?

AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning akkaunti bloklanishi fonida Twitter aksiyalari 3,77 foizga pasayib, 49,54 dollarni tashkil qildi, deb xabar berdi FOXBusiness.

Twitter «zo‘ravonlikka undash xavfi» tufayli AQSh rahbarining shaxsiy sahifasini bloklagandi. Biroz vaqt o‘tib, AQSh prezidentining rasmiy profili orqali Tramp jim turmasligini aytib bayonot berdi. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoq moderatorlari tomonidan o‘chirib tashlandi. Trampning saylovoldi shtabi akkaunti ham bloklandi.

Twitter, Instagram, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar Trampning profillariga kirishni turli muddatga yopib qo‘ydi. Bunday choralarga Trampning namoyishchilarga qilgan murojaatlari sabab bo‘ldi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni ular AQSh Kongressi binosiga hujum qilishgandi. Tramp ularni «vatanparvar» deb atadi va saylovlar soxtalashtirilganligini ta’kidladi. Ammo keyinchalik u o‘z tarafdorlarini tinch yo‘l tutishga chaqirdi va ularning harakatlarini qoraladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring