Ichki ishlar organlari to`g`risidagi qonunga o`zgartirish kiritilmoqda

Endi majlislarda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari jamoat xavfsizligi yuzasidan hisobot berib boradi.

O`zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to`g`risida"gi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama uchun qo`yildi.

Endilikda tegishli moddalarga asosan, Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to`g`risida hisobot taqdim etadi.

Реклама на Unews

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o`rinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ini kabi so`zlar bilan almashtirilishi belgilanmoqda.

Shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi "O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonining 6-bandi ikkinchi xatboshisida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining o`rinbosarlari – jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari tomonidan har chorakda jamoat xavfsizligi yuzasidan hisobot berish tartibi joriy etilishi belgilangan.

Ushbu Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan jamoat xavfsizligi yo`nalishidagi choralarning natijalari tanqidiy ravishda muhokama etib borilishi, shuningdek, ayrim atamalarning to`g`ri qo`llanilishi kutilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring