Ichki ishlar bo‘limida tergovchining jasadi topildi. U xat yozib qoldirgan...

Qozonda "Yudino" polisiya bo‘limida tergovchilardan birining jasadi topildi.

"360" telekanalining huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Tatariston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida har tomonlama tekshiruv o‘tkazish va sodir bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun maxsus komissiya tuzilgan hamda u ish olib bormoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, polisiya xodimi o‘z joniga qasd qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhumning yonidan u o‘limida hech kimni ayblamasliklarini so‘ragan va o‘z joniga qasd qilganini yozgan xat topilgan. 

Реклама на Unews

To‘liq tekshiruvdan so‘ng prosessual qaror qabul qilinadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring