«Ibn Sino»da yuz bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video 18+)

Bugun, 18 iyun kuni soat 05:52da Toshkent shahri Shayxontohur tumani THAY ko‘chasi Ibn Sino 1-dahasi, yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urilishi natijasida “Kamaz” rusumli avtoulovning motor va salon qismida yong‘in kelib chiqqan,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

FVV xabariga ko‘ra, yuzaga kelgan avtohalokat va yong‘in natijasida ikki nafar fuqaro vafot etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 05:56da yetib borgan hamda yong‘in 06:18da to‘liq bartaraf etilgan. Voqea joyiga 2ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

“O‘z o‘rnida, yurtdoshlarimizdan harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilishni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring