Hukumatni koronavirusga qarshi yetarlicha kurashmaganlikda ayblagan bloger ayol qamaldi

Xitoyda Uxan shahridan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri videolavha uzatgan bloger qamaldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Shanxay sudi jurnalist va bloger Chjan Chjanni jamoat tartibini buzishda va "muammoli vaziyat yaratishda" aybdor deb topdi. 37 yoshli ayol to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda BBC News.

Xitoylik ayol o‘z ma’ruzalarida, xususan, hokimiyatini epidemiya paytida yetarlicha harakat qilmaganlikda aybladi.

Реклама на Unews

Chjan Chjan fevral oyida hibsga olingan va norozilik sifatida ochlik e’lon qilgan. Tergov hibsxonasida uni naycha orqali majburan ovqatlantirishgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring