Hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasining simptomlari o`zgaryaptimi?

Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva javob berdi, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.  

Koronavirus infeksiyasida foizlar nisbatida oladigan bo`lsak, eng ko`p quyidagi belgilar uchraydi:  

  • 90% holatlarda — tana harorati ko`tarilishi;  
  • 80% holatda — yo`tal (quruq yoki kam miqdorda balg`am bilan);  
  • 55% holatda — hansirash;  
  • 44% holatda — tez charchash;  
  • 20% dan kam hollarda — ko`krak qafasida noxushlik hissi;  
  • mialgiya, hushning buzilishi, bosh og`rishi, qon tupurish, diareya, ko`ngil aynishi, qusish, yurak urib ketishi, tomoqda og`riq, burun bitishi, hid va ta`m sezgisining pasayishi;
  • 2-11% holatlarda — konyuktivit belgilari.  

Kasallanishning 6-8 kunlariga kelib hansirashning og`irlashishi yuzaga keladi. Qariyalarda kasallik atipik ko`rinishda ya`ni, harorat ko`tarilishi, yo`tal, hansirash kabi belgilarsiz kechishi mumkin.  

Реклама на Unews

Kuzatilishi mumkin bo`lgan belgilarga deliriy, tushkunlik, holsizlik, kon`yunktivit, vasvasa, taxikardiya yoki AQB ning pasayishi kiradi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring