Hindistonda muz ko`chishi natijasida 150 nafardan ortiq odam bedarak yo`qoldi

 Bu haqda kommersant xabar bergan. 

Hindistonning Uttarakxand shtatida muzlik ko`chishi sodir bo`ldi. 14 kishining halok bo`lgani tasdiqlandi, 6 kishi jarohatlangan, 17 nafarga yaqin kishi bedarak yo`qolgan.

Rishi Ganga GESida ishlagan bir necha ishchi bedarak yo`qolgan. Uttaraxand bosh kotibi Om Prakashning aytishicha, Chamoli okrugidagi toshqinda 100 nafardan 150 nafargacha kishi halok bo`lgan bo`lishi mumkin.

Реклама на Unews

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Tapovan energetika loyihasining to`g`oni buzilishi oqibatda toshqin sodir bo`lgan. Jabrlangan hududlarga qutqaruvchilar va birinchi yordam kuchlari yuborilgan, evakuasiya ishlari olib borilmoqda.

Suv toshqini munosabati bilan Uttarakxanda hukumati daryoning gidroelektrstansiyalardan quyi qismlarida joylashgan qishloqlar aholisini evakuasiya qildi. Shuningdek, Shrinagar, Rishikesh va Xaridvar shaharlaridagi suv omborlari suvlari favqulodda holatning oldini olish maqsadida qo`yib yuborildi, deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring