Hindiston tarixida ikkinchi marta ayol kishi mamlakat prezidentligiga saylandi

Hindistonda bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida hukmron Bharatiya Janata partiyasi a`zosi, Milliy demokratik alyans nomzodi Draupadi Murmu g`alaba qozondi, deb xabar bermoqda The Indian Express nashriga tayanib "centralasia"

Murmu parlament a`zolari, shtatlar va hududlarning mahalliy assambleyalari a`zolari orasidan saylovchilarning 64 foizini, uning muxolifatdagi raqibi Yashvant Sinxa esa 36 foiz ovozni qo`lga kiritdi. Murmu mamlakatning barcha shtatlarida ovoz oldi, Sinxa uchta shtatda yutqazdi. Sinxa Murmuni g`alabasi bilan tabrikladi.

 

Shuningdek, amaldagi bosh vazir Nerendra Modi yangi prezidentni tabrikladi.

Реклама на Unews

“Draupadi Murmuning hayoti, uning dastlabki kurashlari, boy xizmati va ibratli muvaffaqiyati har bir hindistonlikni rag`batlantiradi. U fuqarolarimiz, ayniqsa, kambag`allar, marginal va mazlumlar uchun umid chirog`i bo`ldi”, — deb yozgan u.

64 yoshli Murmu Hindiston prezidenti etib saylangan ikkinchi ayoldir. Birinchisi Pratibha Patil (2007–2012) edi.

Ma`lumot uchun: Hindiston parlament respublikasi, shuning uchun mamlakatda prezident asosan vakillik funksiyalarini bajaradi. Uning vakolat muddati besh yil va ketma-ket ikki muddatdan oshmaydi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring