Haydovchilik guvohnomasi olish uchun o`tkaziladigan imtihonlar haqida tarqalgan gaplar haqiqatmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Haydovchilik guvohnomasi olish uchun o`tkaziladigan imtihonlar haqida tarqalgan turli xil ma`lumotlar yuzasidan YHXBB rasmiy izoh berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish faoliyati uchun lisenziyaga ega tadbirkorlik sub`ektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o`tkazish huquqi berilgan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi «Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o`tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi VMQ 272-son qarori tasdiqlandi.

Реклама на Unews

Yuqoridagi qarorlar asosida haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o`tkazish huquqiga ega bo`lish uchun tadbirkorlik sub`ektlari zimmasiga ma`lum bir  talablar belgilab qo`yilgan. Bunda eng avvalo imtihonlar inson omilisiz, to`liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi, zamonaviy avtodrom mavjudligi, maxsus himoyalangan dasturiy ta`minotlar kompleksiga egaligi hamda imtihonlar jarayonida olingan ma`lumotlarga hamda imtihon natijalariga o`zgartirish kiritish imkoniyatining cheklanganligi va boshqa shu kabi talablar o`rnatilgan.

Ushbu talablarga to`laqonli javob beradigan imtihon tizimi uchun sarmoya kiritgan istalgan tadbirkorlik sub`ekti lisenziya olish uchun ariza topshirishi mumkin. Bunda hech bir tadbirkorlik sub`ektiga cheklov yoki to`siq yo`qligini ma`lum qilamiz

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring