Haydovchilar diqqatiga! 1 yanvardan "fara"larni yoqib yurish shart

Hukumatning 09.04.2019 dagi 292-son qarori bilan “Yo‘l harakati qoidalari”ga kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligiga oid qoida kiritilgani yodingizda bo‘lsa kerak (138-band),  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Keyinroq, jamoatchilikning e’tirozlaridan so‘ng, Hukumat qarori bilan mazkur qoidaning amal qilishi 2021 yil 1 yanvarga qadar kechiktirilgan edi.

Shunday qilib, 1 yanvardan boshlab, kunning yorug‘ vaqtida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar MJtKning 128-moddasi tartibida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Реклама на Unews

Birinchi marta sodir etilganda 111 500 so‘m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so‘m va 3-marta sodir etilsa 669 ming so‘m jarima solinadi.

Agar 1 yil ichida 3 martadan ko‘p sodir etilsa 892 ming so‘m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 16-12-2020 Хотамов Азамат

    Асосий чирокнинг якин еритувчи чирокги екиладими еки машинани екканда енадиган габарит чироги етадими

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish