"Har bir oila - tadbirkor" dasturi uchun yana $100 mln ajratiladi

Prezidentning “Har bir oila - tadbirkor" dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSh dollari miqdoridagi qo‘shimcha mablag‘lar quyidagi banklarga yo‘naltiriladi:

«Agrobank» ATB - 40 million AQSh dollari ekvivalentida;

Реклама на Unews

AT «Xalq bank» - 30 million AQSh dollari ekvivalentida;

«Mikrokreditbank» OATB - 30 million AQSh dollari ekvivalentida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring