Hali bug`doy va un narxi tushadi. Bozor «o`pkasini bosib olishini» kutyapmiz — To`lqin Mirzaev

AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Moliya vazirligi depertament mudiri To`lqin Mirzaev bozorlarda oshgan un narxi yuzasidan munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.  

 

«Ha, bozorlarda un narxi ko`tarilgani haqiqat. Biroq bu — vaqtinchalik holat.  Narx oshishining asosiy sababi — Rossiya va Ukraina o`rtasidagi siyosiy inqiroz tufayli jahon bozora yuzaga kelgan holat hamda import qilinayotgan un narxi qimmatligi bilan bevosita bog`liq. Ammo O`zbekistonda etarli ravishda un zaxirasi mavjud. Yaqin kunlarda bozorga qo`shimcha 50 ming tonna mahalliy un kiritiladi. Shu orqali narx barqarorlashadi.  

 
 

Un narxining erkinlashishi — raqobat muhitini yuzaga keltiradi. Narxlar oshmaydi, faqatgina Toshkent shahrida qolipli non (xalq ta`lida — buxanka) narxida o`zgarish bo`lishini kutyapmiz. Bozorlarda esa, aksincha, narx tushishi prognoz qilinyapti. Qo`pol qilib aytganda, bozor «o`pkasini bosib olishini kutyapmiz», — dedi Mirzaev. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring