Haj-2020: Bu yil hojilar sonini cheklanadimi?

Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasidan xavotirlanib ostida haj ziyoratini cheklashni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Bugun bu masalaga yaqin manbalar xabar berishicha, Saudiya Arabistoni Haj ziyoratiga boradigan ziyoratchilar sonini keskin cheklashi mumkin, chunki mamlakatda kasallanganlar soni 100 mingdan oshib ketgan.

Millionlab ziyoratchilar Makkai mukarrama va Madinai munavvaradagi Islomning muqaddas joylarini ziyorat qilishadi, bu har bir musulmon uchun umrida bir marta bajariladigan amaldir. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, haj va umra ziyorati Saudiyaga taxminan 12 milliard dollarga yaqin daromad keltiradi.

Реклама на Unews

Masala bilan tanish bo‘lgan ikki manbaning ta’kidlashicha, rasmiylar bu yil hajga ruxsat berishni ko‘rib chiqmoqdalar. Keksa ziyoratchilar kelishini taqiqlash va qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kabi cheklovlar kiritilishi kutilmoqda.

Ayrim amaldorlar esa iyul oyining oxirida boshlanishi kutilayotgan Hajning bekor qilinishini talab qilishmoqda.

Bu borada tanish bo‘lgan boshqa manbaning aytishicha, rasmiylar qat’iy tartiblardan foydalangan holda har bir mamlakatda ziyoratchilar uchun belgilangan kvotaning 20 foizigacha ruxsat etish mumkin deb hisoblashmoqda.

Реклама на Unews

Hukumat matbuot xizmati va Haj va Umra vazirligi vakili hali bu xabarga izoh bermadi.

Hajni cheklash yoki bekor qilish, neft narxlari pasayishi va pandemiyadan qiynalgan davlat moliyasiga yanada ko‘proq bosim bo‘ladi. Tahlilchilar bu yil iqtisodiyotning keskin pasayishini taxmin qilmoqda.

Yakshanba kuni qirollik xalqaro yo‘lovchi qatnovlarini to‘xtatib qo‘ydi va hojilar qo‘nadigan Jidda shahrida yana komendantlik soati joriy etildi.

2019 yilda 19 millionga yaqin ziyoratchilar umra ziyoratiga va hajga 2,6 million kishi kelgan. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning iqtisodiy islohot rejasida Umra va Haj ziyorati hajmini yiliga 30 million ziyoratchilarga oshirish va 2030 yilga kelib 50 milliard riyol (13,32 milliard dollar) daromad olish maqsad qilingandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring