Hafta o`rtasidan O`zbekiston hududiga Erondan juda iliq havo kirib keladi

"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha ob- havoni antisiklon pereferiyasi belgilaydi. Respublika bo`yicha biroz yomg`ir va qor ko`rinishidagi kuchsiz yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli bor. Havo harorati 2-7o. iliqni tashkil etadi.

Ertaga respublika hududiga Kavkaz hududilaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, shimolda va tog`li hududlarda qor yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli kamroq.

Havo harorati 2o sovuq-3o iliqgacha pasayadi, kunduzi 3-8o iliq atrofida bo`ladi.

Реклама на Unews

9 fevralda O`zbekiston hududi bo`yicha yog`ingarchilik hududlarning katta qismi bo`ladi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Kechasi kuchsiz sovuqlar saqlanib turadi, kunduzi esa havo harorati 7-10o iliqgacha asta-sekin ko`tarila boshlaydi.

Hafta o`rtasidan respublika bo`yicha ob-havo o`zgaradi, hududlarga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi. O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko`tariladi va havo haroratining me`yoriy qiymatlaridan yuqori bo`ladi, haftaning oxiriga kelib, kunduzgi havo harorati 12-15o iliqgacha, janubda 18-20o iliqgacha isiydi.

Haftaning katta qismida kechasi va ertalab tuman kuzatiladi.

Реклама на Unews

7-8 fevralda respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring