Hafta davomida amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi

Transport vazirligi xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun 13-19 iyul kunlari rejalashtirilgan charter reyslar ro‘yxatini e’lon qildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq ushbu haftada quyidagi charter reyslari amalga oshiriladi.

13 iyul Seul – Toshkent – Seul (Asiana Airlines)

Реклама на Unews

13 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)

14 iyul Varshava – Toshkent – Riga (SmartLynx Airlines)

15 iyul Moskva – Toshkent – Moskva (Ural Airlines)

Реклама на Unews

16 iyul Istanbul – Toshkent - Istanbul (Turkish Airlines)

16-17 iyul Toshkent – Nyu-York – Toshkent (Uzbekistan Airways)

19 iyul Toshkent – Vladivostok - Toshkent (Uzbekistan Airways)

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirilishi munosabati bilan avval e’lon qilingan ikki haftalik charter reyslar jadvali o‘zgartirilgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring