BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Habibulla Nizomov aktyor Ulug‘bek Qodirovning AQShga ketib qolgani haqida: Uni xafa qilishdi

So‘nggi yillarda ko‘plab o‘zbek xonandalari, aktyorlar oilasi bilan Amerikaga ko‘chib ketmoqda. Otabek Madrahimov, Sobirjon Mo‘minov, Sherzod Bin kabi shtatlarda yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar safiga Ulug‘bek Qodirov ham qo‘shildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Daryo"ning yozishicha, karantin tufayli AQShning Nyu-York shahrida qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda Ulug‘bek Qodirovning nima sababdan AQShga ketib qolgani haqida gapirdi.

“Mening bilganim Ulug‘bekni xafa qilishgan.

Filmlarda o‘zbek aktyorlariga salbiy rol yoki ikkinchi darajali rollarni berib, asosiy rollar rus yoki turk aktyorlariga berila boshladi. Bir filmda kelishilgan gonorarni berishmagan. Qayta-qayta so‘rab, ‘agar pulimni bermasangiz, dublyajga bormayman’ deganidan keyin kinoni buyurtma qilgan tashkilotga ro‘para qilib qo‘ygan. Tasavvur qiling, gonorarni kelishgan odam qo‘rqitish uchun boshqa tashkilotni ro‘para qilib qo‘ygan. Balki, adolatsizliklarni ko‘rib, men o‘zim yangidan hayot boshlab, alohida yashab ko‘ray, degandir. Amerikada u bilan uchrashdim, yurishini ko‘rdim, kayfiyati yaxshi. Oldingidek xushchaqchaq”, — deydi Habibulla Nizomov.

Sardoba fojiasi: Qozog‘iston O‘zbekistonga rasmiy xat jo‘natdi

Yulduz Usmonovaning hayoti xavf ostidami?

Farg‘onada o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Deputat Rasul Kusherbayev Yulduz Usmonova videosiga munosabat bildirdi Kecha, 4 may kuni Yulduz Usmonovaning Ichki ishlar xodimlarini keskin tanqid qilib, haqoratlab yo‘llagan videomurojaati ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xonandaning bir nechta xodim sabab butun tizimni qoralashi jamoatchilik tomonidan iliq qarshilanmadi. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda. Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev munosabat bildirib, uni hech bir shaklda oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. “Men ichki ishlar sohasida vijdonan mehnat qiladigan, mard, jasur, halol minglab xodimlarni bilaman va ularning ko‘pchiligini o‘zimning yaqinlarim qatorida ko‘raman. Ularga osonmas. Buning nimagaligini o‘zlari yaxshi biladi. Biroq burch, mas’uliyat tuyg‘usi hammasiga chidashga, o‘z ishini bajarishga undaydi ularni.  Kuni kecha madaniyat sohasi vakili Yulduz Usmonovaning butun ichki ishlar sohasiga qilgan munosabati hech narsa bilan oqlab bo‘lmas holat, deb bilaman.  Albatta qonunlardagi tenglik prinsipidan kelib chiqib, fuqaro sifatida ularning ushbu harakatiga huquqiy baho berilishi shart”, deydi deputat Kusherboyev. Qayd etish kerakki, Rasul Kusherboyev “Bosar-tusarini bilmagan deputat” masalsida ham fikr bildirib, Ichki ishlar tizimida ko‘plab insofli va halol xodimlar ishlashini, umuman tizim ishchilari ko‘p hollarda ortiq vcha va o‘zlariga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etilishini ta’kidlab o‘tgandi. Shunga qaramay, Kusherboyev “Namanganlik deputat ishida” IIV Matbuot xizmatini qoralagandi. Eslatib o‘tamiz, Madaniyat va Ichki ishlar vazirliklari Yulduz Usmonovaning vidoyemurojaatiga munosabat bildirdi. IIV xonandaning hatti-harakati bo‘yicha surishtiruv boshlanganini bildirgandi. Yevrokomissiya uch soat ichida 7,4 milliard yevro xayriya yig‘di Habibulla Nizomov aktyor Ulug‘bek Qodirovning AQShga ketib qolgani haqida: Uni xafa qilishdi Sardoba fojiasi: Qozog‘iston O‘zbekistonga rasmiy xat jo‘natdi Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring