Habib siyosat maydoni tomon yurish qilmaydi

Sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov MMA'ni tark etganidan so‘ng, siyosiy faoliyat boshlashni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

“Habib siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni rejalashtirmayapti. Ehtimol, u futbol bilan bog‘liq biznesiga ko‘proq e’tibor qaratishi mumkin”, deyiladi manba xabarida.

34 yoshli Nurmuhamedov 2020 yilda amerikalik Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonib, UFC'dagi faoliyatini tugatgan edi. Habib UFC'da o‘z hisobiga 29 ta g‘alaba yozdirib qo‘ygan va birorta jangda mag‘lub bo‘lmagan. Yaqin vaqtgacha u o‘z jamoasidagi ba’zi jangchilarga murabbiylik qildi.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Nurmuhamedov "Eagle Fighting Championship" promouteri asoschisi hisoblanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring