Habib Nurmagomedov otasining o‘limidan keyin ilk bor mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)
3654 28-07-2020 0 SportYengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov otasining o‘limidan keyin ilk bor mashg‘ulot o‘tkazdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.
Bu haqda rossiyalik yakkakurashchining menejeri Ali Abdulaziz xabar berdi. Ali Instagram sahifasiga Habibning mashg‘ulotlaridan olingan suratlarni joyladi va «Tayyor turing», deya izoh qoldirdi.
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Bu Habib uchun Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limidan keyingi ilk mashg‘ulot hisoblanadi. 3 iyul kuni mutaxassis koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi.
Avvalroq menejer Habib yil oxirida Jastin Getjiga qarshi jangda ishtirok etishini ma’lum qilgan, UFC prezidenti Deyna Uayt esa mazkur bellashuv 10 oktabr kuni Abu-Dabida o‘tadigan UFC 254 musobaqasining asosiy jangiga aylanishi mumkinligini aytgandi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.