Habib Nurmagomedov 2020-yilning eng yaxshi sportchilari ro‘yxatida ikkinchi

«The International Business Times» jurnali 2020-yilning eng yaxshi 10 ta sportchisi reytingini e’lon qildi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Birinchi o‘ringa «Los-Anjeles Leykers» basketbolchisi Lebron Jeyms sazovor bo‘ldi.

Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov reytingdagi ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik sportchi bu yil bitta jang o‘tkazdi. U amerikalik Jastin Getjini mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng u UFCdan ketishini e’lon qildi. U MMAda 29 marta g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.

Реклама на Unews

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri kuchli uchlikdan joy oldi — u WBC talqiniga ko‘ra jahon chempioni kamariga egalik qiladi.

Kuchli o‘nlikka ikkita tennischi kiritilgan: Rafael Nadal (to‘rtinchi) va Naomi Osaka (to‘qqizinchi). Basketbolchi Entoni Devis — beshinchi, poygachi Lyuis Xemilton — oltinchi, futbolchi Garri Keyn — yettinchi, amerikalik futbolchi Patrik Maomes — sakkizinchi o‘rinni egalladi. Bokschi Teofimo Lopes kuchli o‘nlikka yakun yasab berdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring