Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan. 

Shuningdek, Imon Karimova Islom Karimovning Samarqand shahrida joylashgan shaxsiy hovlisiga ham borgan. 

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova buvisi Tatyana Karimova va xolasi Lola Karimova-Tillyayeva bilan 2017 yilning avgust oyida poytaxt Toshkentda Islom Karimov haykali ochilish marosimida qatnashgan edi. 

Реклама на Unews

 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring