Gulnora Karimovaning Fransiyadagi 10 mln dollar aktivi O‘zbekistonga qaytarildi

Bugun, 14 may kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mulklarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida Fransiyadan 10 million AQSH dollari miqdoridagi aktivlar O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Adli vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga o‘tkazib berildi va umumiy tartibda ishlatiladi.

Qayd etish joizki, mulklarni qaytarish bo‘yicha barcha muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Xususan, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida G.Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 mlrd. AQSH dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, AQSH, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Mazkur mulklar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olinganligi munosabati bilan, ular G.Karimova (uning oila a’zolari)ning tasarrufida emas. Shu bois, muqaddam ayrim OAVlarda xabar berilganidek, O‘zbekistonga mulklar va mablag‘lar bevosita G.Karimova yoxud boshqa alohida shaxslar tomonidan qaytarilishi mumkinligi haqidagi mulohazalar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi yana bir bor ta’kidlanadi.

Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi

Реклама на Unews

O‘zbekistonda Xitoyning Oshan avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanadi

Habibning otasi nega komaga tushib qolgani oydinlashdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring