Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin

Shveysariyaning federal apellyasiya sudi Gulnora Karimovaning Gibraltarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Takilant Ltd. kompaniyasi qonuniy benefisiari ekanligi to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi, deb yozadi "Cazeta.uz", deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Sud tomonidan B. ismli o‘zbekistonlik shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan edi. U Gulnora Karimovaga tegishli pullarning asl egasini yashirish maqsadida uning nomidan kompaniyalar ochgani uchun hujjatlarni soxtalashtirish va "pullarni yuvish"da aybdor deb topildi.

2018 yilgi sud qarori bilan ushbu kompaniyaga tegishli 350 mln dollar muzlatib qo‘yilgan edi. Endilikda, Gulnora Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olish uchun harakat qilishlari mumkin.

Реклама на Unews

"Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba", — dedi uning advokati Gregori Manja.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring