Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha sud boshlandi

Bugun, 27 noyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi binosida sudlanuvchilar Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlagan Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Mazkur ish doirasida quyidagilar ham sudlanyapti:

Sh. Ro‘zmetov (1990 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori lavozimida ishlagan);

Реклама на Unews

J. Ziyadullayev (1986 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori lavozimida ishlagan);

A. Dadamatov (1990 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh hisobchisi, Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan);

J. Akimova (1977 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan).

Реклама на Unews

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi Sunnatullo Avlakulov raisligida ko‘rilmoqda.

Sudlanuvchilar G. Yuldashova Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) da, Sh. Ro‘zmetov, J. Ziyadullayev Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) da, A. Dadamatov, J. Akimova Jinoyat kodeksining 167-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Yo‘ldosheva ishi 

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva koronavirus kasalligiga chalingan bemor o‘limiga sababchi bo‘lish va 250 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilishda ayblanib hibsga olingandi

U Zangiota tumanida joylashgan tergov hibsxonasining ayollar bo‘linmasida saqlanayotgan edi. 

Yo‘ldoshevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi

Joriy yilning 8 sentyabr kuni shifoxona Bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva majburiy tartibda tergovga olib kelinib, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilgan.
 
Prokuratura bayonotiga ko‘ra, ayblanuvchi Guljahon Yo‘ldosheva tergov harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgani, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgani, u tomonidan sodir etilgan jinoyat og‘ir jinoyatlar turkumiga kirishi, shuningdek, uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida protsessual tartibda ushlanib, sudning 9 sentyabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Biz bugungacha ushbu ish yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahri prokurori Baxtiyor Ibrohimov, viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseri Bosh shifokori Feruza Shonosirova, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etgan shifokor Farrux Rustamovning rafiqasi Kamola Rustamova, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nizom Abdullayev bilan suhbatlashdik. Ushbu intervyularda ular bir ovozda Guljahon Yo‘ldoshevani ayblagan. QALAMPIR.UZ voqealarga yanada aniqlik kiritish, ikkinchi tarafning fikrlarini tinglash maqsadida Guljahon Yo‘ldoshevaning himoyachisi Xushnud Axrorovga mikrofon tutdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring