Go‘shtning narxi ko‘tarildimi? Bozorlardagi narx-navo ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi bozorlarda go‘shtning narxi 45 000 so‘mdan boshlanib, 86 000 so‘mga sotilyapti. Eng qimmat go‘sht esa, Toshkent shahrida aholiga yetkazib berilyapti. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Qo‘mita hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida joriy yilning 15 sentyabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini o‘rganib chiqqan.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 45 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kilogramm)

Реклама на Unews

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida 45 000 so‘mdan qayd etilgan. Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da – 68 000 so‘m kuzatildi.

Qo‘y go‘shti 45 000 so‘mdan 86 000 so‘mgacha (kg)

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, qo‘y go‘shtining minimal narxi, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 45 000 so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da – 86 000 so‘m kuzatildi.

Реклама на Unews

Kartoshka 2 400 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida 2 400 so‘m qayd etilgan. Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoshkaning maksimal narxi – 6 500 so‘m qayd etildi.

Piyoz 800 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”da 800 so‘m ro‘yxatga olindi. Piyozning maksimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da – 4 000 so‘m kuzatilgan.

Sabzi 1 200 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, sabzi mahsulotining minimal narxi Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori”da 1 200 so‘m qayd etilgan. Sabzining maksimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da – 5 000 so‘m qayd etildi.

Tuxum 6 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (10 dona)

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida 6 000 so‘m qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da – 12 000 so‘m qayd etilgan.

Guruch 5 600 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da (“Nukus” navli guruch 5 600 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 800 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 800 so‘m) kuzatildi. Mahsulotning maksimal narxi, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”da, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 15 000 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etildi. Shakarning maksimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da – 7 000 so‘m holida kuzatildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring