Go`sht, kartoshka va muzlatilgan baliq mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi

Senat yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlashga qaratilgan qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi qonun ko`rib chiqildi.

Qonun bilan respublikada go`sht mahsulotlari va asosiy iste`mol mahsuloti bo`lmish kartoshkaga bo`lgan talab va narxlar barqarorligini ta`minlash orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Soliq kodeksiga qo`shimcha kiritilmoqda.

 Xususan, Soliq kodeksining 483-moddasiga 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo`lgan davrda go`sht (mol, qo`y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so`yish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek ularni realizasiya qilish bo`yicha aylanmalar qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish bo`yicha qo`shimcha norma kiritilmoqda.

Реклама на Unews

 Qonunning qabul qilinishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlash, narxlarni barqarorlashtirish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

️Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring