"G`ofur G`ulom" parki buzilib, o`rniga turar-joy majmualari qurilyaptimi? Muhokama bo`layotgan xabarga vazirlik munosabat bildirdi

Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda  "G`ofur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`i hududi buzilib, o`rniga turar-joy majmuasi qurilmoqda", degan mazmundagi xabar tarqalmoqda va keng muhokamaga sabab bo`lmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan Madaniyat vazirligi munosabat bildirib, bu asossiz xabar, deya ma`lum qildi. 

"Ya`ni chindan ham bog` hududida ish jarayoni boshlangan. Ammo turar-joy majmualari qurilmayapti, aksincha, bog`da engil konstruksiyali inshootlarni buzish (demontaj) ishlari olib borilmoqda.    

 Ishlab chiqilgan yangi loyihaga ko`ra, bog` hududida turar-joy inshootlari qurilmaydi.

Реклама на Unews

 Shuningdek, ob`ekt hududidagi texnik jihatdan eskirgan atraksion hamda o`yin qurilmalarini olib chiqish bo`yicha barcha tadbirkorlar ogohlantirilgan va ushbu talabga ular tomonidan  e`tiroz bildirilmagan.  

Ta`kidlab o`tamizki, olib borilayotgan rekonstruksiya jarayonida bog` hududidagi suv havzasi, daraxtlar va boshqa o`simliklarga ziyon etmagan, ular doimiy ravishda parvarish qilinmoqda", deyiladi Vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan rasmiy munosabatda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring