Germaniyada ishlash istagida bo‘lganlarga ajoyib yangilik!

Endi siz mehmonxona, gastronomik turizm va ko‘ngilochar istirohat bog‘larida ishlashingiz mumkin, agar...

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Germaniyadagi hamkor tashkilot bilan hamkorlikda mehmonxona, gastronomik turizm va ko‘ngilochar istirohat bog‘laridagi bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda.

Ish turi:

Реклама на Unews

 

1) Mehmonxonada yordamchi;

2) Restoran xizmatchisi;

3) Ko‘ngilochar istirohat bog‘larida (attraksionlarda) yordamchi.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, fuqarolar ish beruvchi tomonidan tanlov asosida yuqoridagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlab olinadi.

Oylik maoshi - 1800-2400 yevro (brutto).

"Ishchilarga o‘z tanlovlariga ko‘ra yashash joyi taklif qilinadi",-deyiladi xabarda.

Nomzodlar uchun talablar quyidagicha:

  • 22-35 yosh;
  • Nemis filologiyasi, turizm va gastronomiya yo‘nalishidagi diplom;
  • Gyote institutining B1 darajasidagi nemis tilini bilish sertifikati (ingliz tili qo‘shimcha);
  • sudlanmagan bo‘lishi lozim.

Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish

Quyidagi hujjatlarni yuklash lozim:

a) xorijga chiqish pasporti;

b) o‘rta-maxsus ta’lim diplomi;

s) nemis tilidan B1 sertifikati;

d) to‘ldirilgan tarjimai hol (anketa nemis tilida).

Murojaat uchun: (71) 202-33-55.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 28-02-2022 Furqat

    Ishlash

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish