Gaz, elektr va ko`mir bilan ta`minlash masalasi Senat nazoratida bo`ladi

Bugun bo`lib o`tayotgan Oliy Majlis Senatining o`ninchi yalpi majlisida Senat Raisi T.Narbaeva bir qator dolzarb masalalarga to`xtaldi

– Ko`p sonli murojaatlar asosida kuz-qish mavsumida aholi, ijtimoiy soha ob`ektlari va tadbirkorlik sub`ektlarini gaz, elektr energiyasi va ko`mir bilan ta`minlashdagi mavjud muammolar ham Senat Kengashida tanqidiy ko`rib chiqildi, – dedi parlament yuqori palatasi Raisi T.Narbaeva. – Xususan, mazkur sohaga aloqador barcha mutasaddi vazirlik, idora va tuzilmalar rahbarlaridan aholining noroziligiga sabab bo`layotgan uzilishlar yuzasidan to`g`ridan-to`g`ri izoh so`raldi. Tegishli qaror qabul qilinib, ta`minot bilan bog`liq mavjud muammolarni bartaraf etish, energiya resuslariga bo`lgan ehtiyojni real baholash va to`liq qondirish, tizimni modernizasiyalash, mutasaddilar javobgarligini kuchaytirish va eng muhimi, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash bo`yicha qat`iy vazifalar belgilab berildi. 

Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida ham mazkur masala tanqidiy muhokama qilinib, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari hamda hokimlar zimmasiga ta`minot masalalarini mahallabay hal qilish, eksportni qisqartirib, gazni aholi ehtiyojlariga yo`naltirish bo`yicha aniq, manzilli vazifalar yuklatildi. Bundan buyon ushbu masala Senatning alohida nazoratida bo`ladi. Bu borada mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygan mansabdor shaxslar bo`yicha parlament nazorati doirasida davlat rahbariga takliflar kiritiladi. Fursatdan foydalanib, bu kabi dolzarb masalalarga parlament e`tiborini jalb qilayotgan faol yurtdoshlarimizga rahmat aytamiz.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring