“GAI xodimi fuqaroni xizmat mashinasida quvib ketmoqda” — Toshkentdagi holatga izoh berildi

Joriy yilning 29 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “GAI xodimi fuqaroni xizmat mashinasida quvib ketmoqda” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Joriy yilning 29 noyabr kuni soat 14:20 larda, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi S.Alixonov "Uyg‘ur-Nurafshon" ko‘chalari kesishgan chorrahada “Lasetti” rusumli, 01 R 233 TA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan vaqtida, haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. YPX xodimi S.Alixonov o‘ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan “Lasetti” rusumli, 01 576 VSC davlat raqam belgili avtomobilda Shofayz ko‘chasi bo‘ylab “Lasetti” rusumli avtomobil harakatini cheklash maqsadida uning ortidan harakatlanib borgan.

Ushbu holat noma’lum fuqaro tomonidan video tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring