Fuqarolar ishtirokida audit o‘tkazish tizimi joriy etiladi

“Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–6300-son, 27.08.2021 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo‘shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:

👉 moliyaviy audit;
👉 muvofiqlik auditi;
👉 samaradorlik auditi.

Реклама на Unews

📌 2021 yil 1 oktyabrdan Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda OAV vakillari ishtirokida jamoatchilikka o‘z hisobotlarni e’lon qilib boradi.

☑️ 2022 yil 1 yanvardan moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan sub’ektlarda amalga oshiriladi (kameral nazorat va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno).

🔰 2022 yil 1 yanvargacha “Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushiriladi. Unga ko‘ra:

Реклама на Unews

➖ byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarda o‘tkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi;

➖ har bir nazorat tadbiri uchun o‘rganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma’lumotlarni jamlash va tahlil o‘tkazish tartibini o‘z ichiga olgan nazorat tadbirini o‘tkazish rejasi tuziladi;

❗️“Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.

➡️ 2022 yildan Moliya vazirligi va har bir ichki audit xizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida 2 tadan ob’ektda nazorat tadbirini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring