"Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqda "Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas`ul xodimi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligi haqida ma`lumot berilgan edi.

Tekshiruv xulosasiga ko`ra, fuqaro T.F. haydovchilik huquqidan mahrum etilgan bo`lsada "Neksiya-3" rusumli avtomobilni boshqarganligi hamda fuqaro M.M. mazkur avtomobilni unga boshqarishga topshirganligi bo`yicha rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnoma asosli deb topildi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Andijon viloyati IIB YHXB YPX xodimi D.Qo`shboev xizmati davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risidagi Nizom" hamda Ichki ishlar vazirining me`yoriy buyrug`i talablarini buzganligi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo`yicha respublika maxsus komissiyasining qarori talablariga zid ravishda, jamoat joyida tibbiy niqob taqmaganligi uchun  "Tanbeh" intizomiy jazosi qo`llanilishi belgilangan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring