“Freddi” bo‘roni oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi (foto+video)

11 martdan beri davom etayottgan “Freddi” tropik bo‘roni Malavi va Mozambikda 104 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Malavi Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Malavida kuchli shamol va yomg‘ir sababli sodir bo‘lgan suv toshqinlari hamda ko‘chkilar 99 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. 16 kishi bedarak yo‘qolgan.

Реклама на Unews

Eng ko‘p o‘lim Blantayr okrugida qayd etilgan bo‘lib, 85 kishi halok bo‘lgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, jabrlanganlar uchun 39 ta lager tashkil etilgan.

Реклама на Unews

“Associated Press”ga ko‘ra, to‘fon ostida qolgan Mozambikda ham besh kishi halok bo‘lgan.

Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, “Freddi” janubiy yarimsharda qayd etilgan eng kuchli bo‘ronlardan biri bo‘lib, eng uzoq davom etadigan tropik siklon hamdir.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring