Foto: Navoiy viloyati hokimi o‘rnini yoshlar “egalladi”

Kecha, 23 dekabr kuni Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov “Yoshlar festivali” doirasida Yoshlar parlamenti a’zolari, viloyat sardorlar Kengashi vakillari, yoshlar yetakchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqida faoliyat yuritayotgan bir guruh ko‘ngillilar bilan uchrashidi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda Qobul Tursunov yoshlarga hokim kursisiga o‘tirish va uning salobatini his qilishga imkon bergan.

Реклама на Unews

“Ular hokimlikning barcha mas’uliyati, og‘ir-yengilini to‘la his etishlari uchun hokim o‘rnida “topshiriqlar” berishga ham ruxsat etildi”, deyiladi xabarda.

Har bir topshiriq ijrosidan kelib chiqib, uning maqsadi, ishlash mexanizmi va negizidagi muammo-yechimlari yuzasidan xulosalar berilgan.

Реклама на Unews

Qobul Tursunov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri yoshlarni bilimli, salohiyatli, dunyoqarashi keng insonlar bo‘lib yetishishini ta’minlashdan iborat ekanligini ta’kidlagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring