Farg`onada 1 yanvardan qoidabuzarliklar dronlar yordamida qayd etiladi

2021 yilning 1 yanvaridan Farg`ona viloyatida qoidabuzarliklarni aniqlashda dronlardan foydalaniladi. Bu haqda Farg`ona viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, ushbu qurilmalar yordamida kunu tun patrullik tashkil etilib, belgilangan tezlikka, yo`l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o`tish joylarida piyodalarga yo`l bermagan haydovchilar, shuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanmagan hamda jamoat tartibini buzgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik fiksasiya qilinadi.

«Hurmatli fuqarolar, maqsadimiz sizlarni jarimaga tortib, moliyaviy ziyon etkazish emas. Aksincha inson hayoti va sog`lig`iga daxldor bo`lgan qoidalarga amal qilishingizni ta`minlashga qaratilgan», – deyiladi xabarida.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 29-12-2020 cayot

    Rahmat!!! iltimos oddiy halqqa boshqa yahshilik qimeyla qimmatga tushvotti silani yahshiligila🙃🙃🙃

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish