Evropada 5 kun ichida jazirama tufayli 1000 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Evropada jazirama to‘lqini tufayli 1000 dan ortiq odam halok bo‘ldi va yaqin haftalarda qurbonlar soni ortishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda BNO News.

10-15 iyul kunlari Ispaniyada 360 ga yaqin, Portugaliyada 659 kishi yuqori harorat tufayli halok bo‘ldi. Rasmiylar yuqori harorat tufayli "signal" chalib, kelgusi haftalarda Buyuk Britaniya va Fransiyada ko‘plab o‘limlarni bashorat qilmoqdalar.

Karlos III Sog‘liqni saqlash instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, Ispaniyada issiqlik bilan bog‘liq kamida 368 ta o‘lim qayd etilgan, bu ikkala mamlakatdagi o‘limlarning umumiy sonini 1,027 ga yetkazgan.

Реклама на Unews

 

Halok bo‘lganlardan biri 60 yoshli farrosh bo‘lib, u 15 iyul kuni tushdan keyin Madridda ishlayotgan vaqtida yiqilib tushgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati yetib kelganida uning tana harorati +41,6 daraja edi. Ertasi kuni u vafot etdi.

17 iyul kuni havo harorati 44 darajagacha ko‘tarilgan Fransiyaning g‘arbiy qismlarida qizil ogohlantirish darajasi e’lon qilindi. Buyuk Britaniya Met-ofisi ham Angliyaning ayrim hududlarida harorat 40 darajagacha ko‘tarilib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdan oshib ketishi mumkinligini aytib, qizil ogohlantirish e’lon qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring