Evropa tibbiyot agentligi COVID-19 ga qarshi yangi “Xevudy” dori vositasini tasdiqladi

EMA (European Medicines Agency) tomonidan berilgan bayonotda, GlaxoSmithKline va Vir Biotechnology kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan "Xevudy" preparati 12 yoshdan oshgan va 40 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi mumkinligi haqida xabar berilgan.

Bundan tashqari, uni kasallik kuchayishi xavfi va kislorodli terapiyaga muhtoj bo‘lmagan bemorlarda ham qo‘llash kerakligi ta’kidlandi.

Ushbu ma’qullash bilan EMA noyabr oyida tasdiqlangan Regkirona va Ronapreve'dan keyin COVID-19 ni davolash uchun uchinchi dorini tavsiya qildi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring