Ertaga ko‘p viloyatlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 19-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Toshkent shahri. 
Havo o‘zgarib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin). Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 4-6° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Реклама на Unews

Buxoro va Navoiy. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8°iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Реклама на Unews

Andijon, Namangan va Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. 
Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring