Ertaga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari o`tkaziladi

2021-2022-o`quv yili uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 2021-yil 25-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog`ida bo`lib o`tadi. Bu haqda Davlat test markazi ma`lum qildi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan o`tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig`i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Реклама на Unews

Chet tili bo`yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo`yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo`lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 300 ball bo`lib, har bir tog`ri javob uchun 4 balldan beriladi. Talabgorlardan test sinovi o`tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so`ralmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring