Ertaga – 16 noyabrda Samarqanddagi barcha muzey va ziyoratgohlarga kirish bepul bo`ladi

BMT Bosh assambleyasining qaroriga ko`ra, 1997 yildan buyon 16 noyabr sanasi butun dunyoda “Bag`rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Shu kuni Samarqand viloyatidagi muzeylar, tarixiy obidalar va muqaddas ziyoratgohlarga keluvchilar uchun imtiyozli xizmat ko`rsatish ham bag`rikenglikning bir namunasi bo`ladi. 

Samarqand viloyat hokimligi xabar berishicha, butun dunyo miqyosida nishonlanadigan bag`rikenglik kuni munosabat bilan 16 noyabr kuni Samarqanddagi barcha muzeylar va ziyoratgohlarga kirish bepul bo`ladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring