Eronda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 17 kishi jarohatlandi

Eron janubidagi Xormozgan viloyatining Fin shahrida 6,4 balli zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila markazi 15 km chuqurlikda joylashgan. Er silkinishi Fin shahridan 25 kilometr shimolda va Bender Abbosdan 43 kilometr shimoli-g`arbda joylashgan.

Zilzila oqibatida 17 kishi jarohatlangan. Ko`plab uylar vayron bo`lgan. Elektr uzatish liniyalari uzilgan. Aholi sarosima tufayli o`zlarini tashlab chiqqan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring