Engil avtomobillar importi qariyb 7 mingtaga oshgan
1242 15-08-2022 0 O'zimizdaDavlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 460,9 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 18 821 ta engil avtomobil import qilgan.
Engil avtomobillar importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6750 taga oshgan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan engil avtomobillar import qilgan.
Реклама на Unews
7 oyda O`zbekiston engil avtomobillarni eng ko`p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 7950 ta
Koreya – 5658 ta
Qozog`iston – 3422 ta
Rossiya – 1283 ta
AQSh – 204 ta
BAA – 95 ta
Yaponiya – 78 ta
Germaniya – 53 ta
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.