Energetika vazirligi elektr ta`minotidagi uzilishlarning sababini izohladi

Havo sovishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda svetni o`chib qolayotganidan norozi odamlarning murojaatlari ko`payib bormoqda. 

Energetika vazirligi elektr energiyasi ta`minotidagi uzilishlarning asosiy sababi – havo haroratining sovib ketishi natijasida elektr energiyasi iste`molining keskin ortib ketishi tufayli yuzaga keladi, deya izoh byuermoqda. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon beradi, deyiladi xabarda. 

Ma`lum qilinishicha, buning sababi har qanday energiya tizimida uning barqaror ishlashi uchun har qanday vaqtda (millionsekund) iste`mol va ishlab chiqarish o`rtasidagi energiya muvozanati (balansi) ta`minlanishi muhim.

Реклама на Unews

" -- Ushbu jarayon iste`molchilarga elektr energiyasini ishonchli va uzluksiz etkazib berish va energiya tizimining muammosiz ishlashini ta`minlash nuqtai nazaridan juda muhimdir. Elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyojning keskin ortishi (yozda jazirama issiq mavsumidagi yoki qahraton qish mavsumidagi sovuq ob-havoda) kuzatilgan paytda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iste`mol va ishlab chiqarish o`rtasidagi energiya balansini ta`minlash juda qiyin vazifa bo`lib qolmoqda. Bunda katta avariyalarni va butun mamlakatda iste`molchilar elektr energiyasi ta`minotidan uzilishini oldini olish uchun elektr energiyasi ta`minotida cheklovlar joriy etilishiga majburan olib keladi. Dispetcherlik markazi tomonidan energotizimda muvozanat saqlash jarayoni o`z vaqtida ta`minlamasa, tizimdagi “zo`riqish” turli yirik avariyalarga sabab bo`lib, katta-katta hududlarda uzoq vaqt elektr energiya bo`lmasligiga olib keladi.  

Energiya balansini ta`minlash mumkin bo`lmagan holatlarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining dispetcherlik boshqarmasi iste`molchilarning bir qismini reja jadvaliga muvofiq cheklovlar o`rnatishga majbur bo`ladi. Ushbu grafiklar, qoida tariqasida, past kuchlanishli (0,4 kV, 6 - 10 kV) taqsimlash elektr tarmoqlarini o`z ichiga oladi.

Bu harakatlar mamlakat energetika tizimida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yirik avariyalarning oldini olishga qaratilgan. Bu esa elektr energiyasini kechayu-kunduz muntazam ravishda monitoring qilib borish va dispetcher nazoratining o`z vaqtida javob berish imkonini beradi.

Реклама на Unews

Elektr energiya tizimi – elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlari orqali transportirovka qilish, elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlari va iste`molchilarni o`z ichiga olgan murakkab tuzilma hisoblanadi.

Elektr energetikasining boshqa ishlab chiqarish soha va yo`nalishlardan farqi hamda o`ziga xos xususiyati shundaki, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste`mol qilish — bir paytning o`zida amalga oshirilishi lozim bo`lgan yagona texnologik jarayon bo`lib, har lahzada ular o`rtasida tenglik (muvozanat) o`rnatish nihoyatda muhim vazifa. Sohaning ushbu jihati butun dunyo elektr energiya tizimlariga xos xususiyatdir.

Bunday hollarda jiddiy tizimli avariyalarning oldini olish uchun energiya tizimini rivojlantirish, uning energiya samaradorligini oshirish va tizimni energiya resurslari bilan ta`minlash sharoitlarini yaxshilash zarur. Ushbu vazifalarning O`zbekistonda amalga oshirilishi mamlakat Prezidentining tegishli qarorlari bilan belgilanadi va Energetika vazirligining diqqat markazida bo`ladi", deyiladi izohda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


4 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 21-11-2020 Abdulbosit

    Shaxarda ochmiydi qishloqda ochadi bu muommoni oldini olish uchun faqat qishloqliklar jon kuydirish kerakm

    Javob yozish
  2. 21-11-2020 Jasurbek

    Xamma tolovlarni oz vaqtida qigan busak elektr tolovi uchun tolovlarni oldindan tulagan busak nima uchun elektr tokisiz utirishimiz keak

    Javob yozish
  3. 21-11-2020 Jasurbek

    Qisqa muddatli elektr tokini izoxlabsi qisqa muddatli elektr tokini yonIshini sutka 24 soatda atiga 30 daqiqa yonishini qanday izoxlaysiz

    Javob yozish
  4. 21-11-2020 Aziz

    Qisqa muddatli deb boshni og‘ritadi aslida bir soat yoqib bir soat o‘chiradi. Tok quvvati juda past bo‘ladi. Hatto wu bir soatdayam mazza qilib foydalanomimz

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish