Endi pochta xodimlari ham elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatadi

Endilikda YaIDXP platformasida yangi – «Yagona portal agenti» tashkil etilib, u ayrim elektron davlat xizmatlarini joylardagi pochta aloqa bo‘limlari orqali ko‘rsatishni boshqaradi.

Asosiy maqsad: bugungi pandemiya sharoitida aholiga pochta bo‘linmalari orqali respublikamizning olis tumanlarida elektron davlat xizmatlarini onlayn, ya’ni osonlashtirilgan tarzda ko‘rsatishdir.

Shuni inobatga olib, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi ikkita maxsus guruh tashkil etdi.

Реклама на Unews

Hozirda mutaxassislar joylarga chiqib, pochta operatorlarini 15 ta xizmat turlari bo‘yicha o‘qitmoqda. Xizmat turlari soni esa bosqichma-bosqich oshib borishi ko‘zda tutilgan.

Ilk «start» Toshkent viloyatidan berilib, Sirdaryo, Jizzaxda davom etdi.

Реклама на Unews

Keyingi manzil vodiy: Andijon, Farg‘ona va Namangan bo‘ldi.

Ushbu tashabbus Buxoro, Navoiy va Samarqandda ham juda iliq kutib olindi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring