Endi IIV xodimlari karantin qoidalari buzilganda ma’muriy ishni ko‘rishi mumkin

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra (O‘RQ–643-son, 26.10.2020 y.) endi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda) bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

 Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazoni qo‘llashga faqat  tegishli hududlarda yoki ob’yektlarda karantin joriy etilgan taqdirda, haqlidir.

Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan Kodeksning 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy ish ko‘rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.

Реклама на Unews

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring